Ovqatingiz sho‘r bo‘lib ketdimi? Unga limon qo‘shing

  • 09:51 / 13.09.2021
  • 140

Limon haqida har kimning o‘z tushunchasi bor, albatta. Uning foydaliligi haqida ko‘p gapiriladi. Biz siz uchun meva haqidagi eng qiziqarli ma’lumotlarni to‘plaganmiz. Ularning foydasi tegishiga ishonamiz. 
 
Limonning 100 grammida bor-yo‘g‘i 40 gramm C vitamini bo‘lsa ham, u immunitetni ko‘tarish xususiyatiga ega.
Marokash, Tunis va Jazoir oshxonalarida qovurilgan go‘sht marinadlangan limon bilan tayyorlanadi. 
Limon kislotasi dunyoda eng ko‘p ishlatiladigan oziq-ovqat qo‘shimchasidir.

U ayniqsa, pishiriqlar tayyorlashda keng foydalaniladi. Limon kislotasi xamirdagi pH miqdorini oshiradi. Shu sababli, u xamirga qo‘shilganda konservant rolini o‘ynaydi. 
Ispan xalqining ertaklarida limon achchiq sevgi, ajralish va mas’uliyatsizlik belgisi sifatida qo‘llaniladi.
Limon hidi eng kuchli tabiiy antidepressantlardan biri hisoblanib, uyquni yaxshilaydi va ish faoliyatini oshiradi.
Kimda kim uyida limon daraxtini o‘stiradigan bo‘lsa, u uy yil davomida gripp viruslaridan himoyalangan bo‘ladi. 

Limon efir moyining 90 foizini limonen moddasi tashkil etadi. Bu meva dori-darmon sanoati, parfyumeriya va xo‘jalik yuvish vositalarini xushbo‘ylantiruvchi kislota sifatida qo‘llaniladi. 
Limon sharbati yordamida yog‘li idishlarni tozalash, va kiyimdagi yog‘li dog‘larni ketkazish mumkin. 
Limon “amerikancha orzu” fenomeni bilan bevosita bog‘liqdir. Bunday deyishimizga sabab, AQShdagi ko‘plab millionerlar o‘z bizneslarini bolaligida limon sharbati sotishdan boshlagan. 
Sho‘r bo‘lib ketgan sho‘rva ta’mini yaxshilash uchun unga limon qo‘shish kerak. 

Ko‘pchilik limonli choy tomoq og‘rig‘ini bartaraf etadi deb hisoblaydi. Aslida limon tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqarayotgan shilliq qatlamlar faoliyatini vaqtincha to‘xtatib qo‘yadi, xolos. Shuning uchun limonli choy ichgandan keyin biroz vaqt o‘tgach og‘riq yana paydo bo‘laveradi.
1 kilogramm limon efir moyini ishlab chiqarish uchun 3 mingga yaqin meva donasi kerak bo‘ladi. 
Qadimgi Rimda limonlar zodagonlarning bayram dasturxoniga qo‘yilgan. Ammo limonni yarim tundan keyin yeyish taqiqlangan: ularning fikricha, go‘yoki kechqurun kimdir limon yesa, vampirlarni chaqirgan bo‘lar ekan.