MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlis sanasi ma’lum qilindi

  • 12:22 / 09.05.2020
  • 329

Joriy yilning 12-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida Tashqi ishlar vazirlari kengashining videokonferensaloqa shaklidagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadi.

Mazkur majlisda xalqaro kun tartibining va Hamdo‘stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish belgilangan. Shuningdek, MDH doirasida 2019-yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishi va 2020-yil uchun mo‘ljallangan rejalar muhokama qilinishi kutilmoqda. Bundan tashqari, koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo‘llarini ham muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.