Misr kompaniyasi farmatsevtika sohasiga 20 million dollar investitsiya yo‘naltiradi

  • 10:08 / 05.03.2020
  • 428

4-mart kuni Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomov  va Misrning “Solyphar” farmatsevtik kompaniyasi rahbari Umar Abd al-Alim o‘rtasida “Bo‘stonliq-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida maxsus loyihani amalga oshirish to‘g‘risida shartnoma imzolandi.
Loyiha asosan uch bosqichda, 80 ming kvadrat metr maydonda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarishga qariyb 20 mln. dollar investitsiya yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. 
4-mart kuni Misr farmatsevtika kompaniyasi vakili bilan O‘zbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev o‘rtasida uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. 
Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha Germaniyaning IQC farmatsevtik ishlanmalar kompaniyasi hamkorligi va nazorati ostida amalga oshiriladi.