Moskva viloyatida yuqori rejimdagi tayyorgarlik joriy qilindi

  • 10:35 / 13.03.2020
  • 570

Moskva viloyatida 13-mart kunidan e’tiboran COVID-19 yangi koronavirusi tarqalishini oldini olish maqsadida yuqori rejimdagi tayyorgarlik holati joriy qilindi. Bu haqda Mosvka viloyati gubernatori Andrey Vorobyov tegishli qaror qabul qilgan.
Qarorga binoan, viloyatda 5 mingdan ortiq odam qatnashadigan har qanday tadbirni o‘tkazish bekor qilindi.
Bundan kam odam ishtirok etadigan tadbirlarni o‘tkazmaslik tavsiya qilingan.
Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Ispaniya, Eron, Fransiya va Germaniyadan keladigan fuqarolar 14 kunlik karantinga olinadi.