NASA Yer yaqinidan asteriod uchib o‘tishini aytmoqda

  • 16:16 / 06.06.2020
  • 1062

2002 NN4 asteroidi Yerdan 5.1 million km masofada xavfsiz tarzda o‘tib ketadi.
Asteroidning diametri taxminan 4-8 metrni tashkil qiladi. Asteroidning Yerga tushishi xavfi yo‘qligi ta'kidlanmoqda. Bu Yer sayyorasi uchun hech qanday xavf tug‘dirmaydi va Yer orbitasiga kirgan taqdirda ham Yer atmosferasi tomonidan parchalanib ketadigan darajada kichik. 
NASA ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning apreliga qadar Yer yaqinidagi kashf qilingan obyektlar soni (NEO) 22,776 ni tashkil qildi. Ushbu obyektlarning 95 foizdan ko‘prog‘i NASA tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotlar doirasida aniqlangan.