NATO bosh kotibi: “Rossiya qurollanishni davom ettiryapti”

  • 17:54 / 10.06.2020
  • 1044

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shimoliy Atlantika Ittifoqi a’zolarini koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab NATO byudjetiga ajratiladigan mablag‘ni to‘xtatmaslikka chaqirdi. “Men ittifoq tarkibidagi davlatlarda pasayishni ko‘ryapman va shunga aminmanki, inqirozga qarshi kurashish uchun ko‘pgina sohalardagi xarajatlarni oshirish lozim. Biroq inqirozgacha mavjud bo‘lgan xavfsizlik bo‘yicha tahdidlar pandemiya vaqtiga kelib yo‘qolib qolmadi”, – deb aytgan Stoltenberg 10-iyun kuni “Die Welt” gazetasiga bergan intervyusida.  
 
“Rossiya qurollanishni davom ettiryapti. Xitoyning harakatlari tufayli kuchlar tengligi o‘zgaryapti, IShID terroristik tashkiloti Suriya va Iroqda o‘z mavqeini qaytadan mustahkamlab olishga intilyapti”, – deya fikrini izohlagan NATO bosh kotibi.