Namanganda xorijda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv tashkillashtirildi

  • 14:58 / 26.01.2020
  • 384

Mehnat migrantlarini tartibli, xavfsiz va manzilli tarzda xorijga ishga yo‘naltirish maqsadida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan hududlarda turkum tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qildi.

24-yanvar kuni Namangan shahridagi "Zarbdor" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 37-maktab binosida xorijga ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda mazkur hududda istiqomat qiluvchi aholi vakillariga xorijiy mamlakatlarda qonuniy ishlashning tartiblari, mehnat migrantlariga taqdim etilyotgan imkoniyat va imtiyozlar, odam savdosining oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.