Nima uchun shifokorning yozuviga tushunib bo‘lmaydi?

  • 21:24 / 19.12.2019
  • 2946

Почему врачи пишут неразборчиво?

Sarlavhani o‘qishingiz bilan havola ustiga bosganingizga qaraganda, bu savol sizni ham ko‘p qiynagan. Kerakli dorilar yozilgan qog‘ozni yoki tibbiyot tarixi daftarchasidagi yozuvlarni o‘qiy olmay xunob bo‘lgan bo‘lsangiz, quyida shifokorlar nima uchun bunday yozishlarini tushunishga harakat qilamiz

Hech bir shifokor yoshligidan bunaqa xunuk husnixat egasi bo‘lmagan. Ularning kasbiy yozuvi yillar davomida shakllanadi. Kasb taqqazosi bilan ular bir kunda ko‘plab sahifalar yozishga majbur bo‘lishadi. Faqat kerakli dorilarni yozib berishadi deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz. Ular oldilariga kirgan har bir bemorning ahvolini tibbiyot daftarchasiga qayd qilib borishadi. Bunga o‘zingiz ham guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz kerak. Bir kunda bitta shifokor o‘nlab bemorlarni qabul qiladi. Har bir tibbiy daftarchaga esa kamida 20 ta ko‘pi bilan 50 ta so‘z yozishga to‘g‘ri keladi. 

Doimiy yozishga bo‘lgan ehtiyoj, kunning oxiriga kelib qo‘l charchashiga va yozuvning yomonlashishiga sabab boְ‘ladi. Masalan, maktabda yoki universitetda qanday o‘qiganingizni va katta hajmli matnlarni qanday yozganingizni bir eslab ko‘ring. E’tibor bergan bo‘lsangiz, deyarli, har bir ma’ruzaning boshini chiroyli yozgansiz-u, oxiriga borganda qo‘llaringiz charchaganidan yozuvingiz chuvalashib, tushunarsiz bo‘lib ketgan. 

Agar shifokor chiroyli yozish maqsadida har bir bemordan keyin qo‘llarini dam oldiradigan bo‘lsa, navbat kutib turgan kasallarning hammasi ko‘rikdan o‘ta olmasaligi aniq. Shuning uchun shifokorlar yozuvlarining chiroyiga emas, balki uning ma’nosiga ko‘proq e’tibor berishadi. 

Odatda, dorixonadagi sotuvchilar shifokor yozuvini osongina tushunadi. Ammo ba’zi shifokorlar shoshilganidan dori miqdori (dozasi)ni ko‘p yoki kam qilib yozib yuborishi mumkin. Bu esa ko‘ngilsiz holatlarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun endilikda asta-sekinlik bilan elektron yozuvlarga o‘tish boshlandi. Ba’zi davlatlarda allaqachon qo‘lda yozilgan dorilar ro‘yxatiga ko‘ra mahsulot sotish taqiqlangan.