O‘rgimchaklar haqida qiziqarli faktlar

  • 22:19 / 26.12.2019
  • 2738

6 жутких фактов о пауках

Ehtimol, oramizda o‘rgimchaklarni yoqtiruvchilar ham topilib qolar. Biroq ko‘pchilik uni xushlamaydi. Ammo o‘rgimchaklar insoniyatning tabiiy himoyachisi ekanligini hamma ham bilmasa kerak. Quyidagi ma’lumotlarni o‘qigach, ehtimol, ularni ko‘rganda dahshatga tushishni bas qilarsiz

1. O‘rgimchaklar dunyoning hamma burchagida, hatto, Everest cho‘qqisida ham mavjud. Antarktida bundan mustasno. Olimlar uning 48 mingdan ortiq turini aniqlashgan. Yerning har kvadrat metriga 131 ta o‘rgimchak to‘g‘ri keladi. Himolayning mittigina o‘rgimchaklari dengiz sathidan 6 ming metr balandlikda yashaydi, pastga tushmaydi.  And tog‘lari hududida esa ulkan o‘rgimchaklar – tarantullarning 7 ta yangi turi topilgan.  
 
2. O‘rgimchaklar har yili bir necha million zararli hasharotlarni yo‘q qiladi. O‘rtacha  400 tonnadan 800 milliongacha hasharot va mayda umurtqalilarni yeb qo‘yadi.  

3.  To‘riga qarab uni o‘rgimchakning qaysi turi to‘qiganini bilib olish mumkin. Ayrim to‘rlar aylanali halqalardan zanjirsimon qilib to‘qiladi. Biroq bu qolip emas. Chalkashib ketgan, tortilgan to‘rlari ham borki, bularning hammasi o‘ljani yaxshiroq ushlashga mo‘ljallanadi.  

4. Ayrim o‘rgimchaklarning to‘ri “rogatka”larga o‘xshaydi. Perudagi uchburchak o‘rgimchakning to‘ri xuddi ana shunday ko‘rinishga ega. Rogatka to‘riga chiqib olgan o‘rgimchak o‘zini o‘ljasining ustiga qarab otadi. Tezligi shu darajaga yetadiki, hatto, soatiga 1700 milni tashkil etishi ham mumkin. Bu jarayonda qimirlayotgan to‘r o‘ljani to‘laligicha o‘rab oladi. Dushmanlaridan qochishda ham shu usuldan foydalanadi.

5. Ayrim o‘rgimchaklar uchishni yoqtiradi. Bu usulni, asosan yosh, vazni kichiklari qo‘llaydi. Uchish uslubi juda oddiy: ipiga osilib olib, o‘zini shamolning ixtiyoriga topshiradi-da, uchaveradi-uchaveradi.  Uzoq masofalarga ketib qolishdan qo‘rqmaydi. Eng qizig‘i, o‘rgimchaklar uchishda Yerning magnit maydonidan ham foydalanishlari mumkin. Ajoyib-a?! Avstraliyaning ayrim hududlarida ommaviy ravishda uchayotgan o‘rgimchaklarni uchratish mumkin. Ularni yerdan kuzatib turilsa, xuddi osmondan tushib kelayotganga o‘xshaydi.
 
6. Diametri 30 santimetr keladigan taqsimchadek o‘rgimchaklar ilk bor 2001-yilda Laosdan topilgan. Og‘irligi ham salmoqligina. O‘shandan beri uni ulkan ovchi o‘rgimchak, deb atashadi. U to‘r to‘qimaydi. O‘z o‘ljasini poylab turib ovlaydi. Qushlarga ham bemalol hujum qila oladi.