PKK tomonidan sodir etilgan portlashda 5 kishi halok bo‘ldi

  • 20:18 / 08.04.2020
  • 456

Bugun, 8-aprel kuni Turkiya janubi-sharqidagi Diyorbakir viloyatida Kurdiston ishchilar partiyasi (PKK) terror guruhi a’zolari tomonidan portlash sodir etildi, deb xabar bermoqda Daily Sabah.

Ta’kidlanishicha, Kulp va Hazro tumanlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir etilgan portlashda 5 nafar o‘rmon xizmatchisi halok bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari aybdorlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha operatsiyani boshladi.

Voqea joyiga bir qancha harbiylar va tibbiy xodimlar yuborilgan. Viloyatda keng ko‘lamli qidiruv ishlari boshlangan.

Ma’lumot o‘rnida, PKK Turkiya, AQSh va Yevropa Ittifoqi tomonidan terrorchilik tashkiloti sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, u Turkiyaga qarshi 30 yildan ko‘proq davom etgan terror kampaniyasida 40 ming kishining o‘limiga javobgarlikni bo‘yniga olgan.