Polsha 2021-yildan boshlab Rossiya gazi tranzit narxini oshirdi

  • 16:52 / 06.06.2020
  • 541

Ma’lumki, Rossiya gazining Yevropaga eksporti Yamal – Yevropa quvuri orqali amalga oshiriladi. 2021-yilda Yamal – Yevropa quvuri orqali gaz tranzitining mamlakat hududidan o‘tadigan qismining narxi 16,5 foizga oshadi, deya xabar berdi Polshaning ETB – Energiyani tartibga solish boshqarmasi. “2021-yilga kiritilgan bu tarif gazni transportirovka qilish xizmatlarining o‘rtacha xarajatini amaldagi ta’rifga mutanosib ravishda 16,5 foizga oshiradi”, deyiladi Polshaning ETB xabarida. Bu qaror Yamal – Yevropa gaz quvurining Polsha qismini xususiylashtirib olgan EuRoPol Gaz tashkilotiga tegishlidir. EuRoPol Gaz – “Gazprom” va Polshada PGNiG konsernining qo‘shma korxonasi.  

Strategik investitsiya natijasi
Gaz-System gaz quvuri operatori uchun yoqilg‘ining qaysi turi bo‘lishiga qaramasdan, Polsha GTSga kiruvchi qismining ta’rifini 10-13 foizga oshirish ko‘zda tutilgan. Tarifning oshirilishi Gaz-System tomonidan amalga oshirilayotgan va energetik xavfsizlikka bevosita ta’sir qiladigan muhim strategik investitsiyalar natijasi hisoblanadi. Har ikkala ta’rif ham 2021-yilning 1-yanvaridan 31-dekabrigacha bo‘lgan oraliq uchun tasdiqlangan. Qolaversa, Gaz-System may oyida Norvegiyadan Polshaga Baltic Pipe gaz quvurini yotqizish bo‘yicha barcha ruxsatnomalarni qo‘lga kiritdi. Varshava bu quvur tufayli Rossiya gaz ta’minotiga qaramlikning pasayishidan umid qilmoqda. 

Rejaga ko‘ra, 2022-yilda Baltic Pipe Shimoliy dengizdan Polshaga va undan keyin Boltiq bo‘yi davlatlariga gaz yetkazib bera boshlashi lozim. Bundan tashqari, quvur orqali gaz Polshadan Daniya va Shvesiyaga ham yetkazib berilishi nazarda tutilgan.