Oyoq kiyimlarning hayotini uzaytirish uchun 11 ta layfxak

  • 10:17 / 13.09.2021
  • 216

Poyabzal egasi haqida 90 foiz ma’lumot beradi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oyoqkiyimning ko‘rinishi odamning odob-axloqidan darak beradi. Shunday ekan poyabzalingizning ozodaligiga hamisha e’tiborli bo‘ling. Bu borada sizga quyidagi maslahatlar yordam beradi. 

1.  Badbo‘y hiddan qutilishning siri

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Poyabzalingizdan badbo‘y hid kelayotgan bo‘lsa, mashinangizga osib qo‘ygan xushbo‘y hidli qog‘oz archani bir kecha oyoqkiyimingiz ichida qoldiring. Agar bu foyda bermasa, poyabzalingizning ichki patagi juda eskirib ketganligidan dalolatdir. Noxush hiddan xalos bo‘lishni istasangiz patakni yangisiga almashtirishingiz lozim. 

2.  Terili poyabzaldagi eski chiziqlardan qutilishning siri

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Vaqt o‘tishi bilan teridan tayyorlangan poyabzallarda ajinlarga o‘xshash burmalar paydo bo‘ladi. Aslida, poyabzal terisi tanamiz terisidan uncha farq qilmaydi, shuning uchun uni maxsus krem bilan oziqlantirish kerak. Kremni poyabzalga surting va yaxshilab singib ketishi uchun bir necha soatga qoldiring.  Ana shunda poyabzalingiz yangidek bo‘lib qoladi. Bu vaziyatda oziqlantiruvchi krem o‘rniga vazilin yoki bolalar kremidan ham foydalansa bo‘ladi. 

3.  Tog‘ri quritish

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Poyabzalni hech qachon batareyalarda quritmaslik kerak. Deformatsiyaning oldini olish uchun ularni yuqori haroratdan himoya qilish tavsiya etiladi. Oyoqkiyim to‘liq qurishi uchun 24-48 soat talab etiladi. Shu sabab, bir mavsum uchun kamida ikki xil oyoqkiyim olganingiz ma’qul. Agar buning imkoni bo‘lmasa, ho‘l poyabzallarni soch quritgich bilan quritish mumkin. Faqat bunda sovuq havo oqimidan foydalanish lozim. 

4.  To‘g‘ri kiyish

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Poyabzalni doim maxsus “qoshiqcha” (lojka) bilan kiyish lozim. Bo‘lmasa, oyoqkiyimning orqa tomoni tez eskiradi. Agar yoningizda har doim “lojka”olib yurishni istamasangiz egiluvchan plastik kartadan foydalanishingiz mumkin. U ham bemalol “lojka” o‘rnini bosa oladi. 

5.  Zamsh va “nubuk” (zamshga o‘xshash, ammo u terining boshqa turlaridan, odatda qoramoldan tayyorlanadi)dagi dog‘

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Yumshoq materialli oyoqkiyimlardagi dog‘larni oddiy o‘chirg‘ich bilan ketkazish mumkin. Oyoqkiyimning dog‘ bo‘lgan qismini o‘chirg‘ich bilan o‘chiring va yotib qolgan tuklarni oddiy cho‘tka yordamida o‘z holiga qaytaring. 

6.  Tuzli dog‘lar

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Sovuq mavsumda ko‘chalarga tuzli qorishmalar (reagentlar) ko‘p sepiladi. Ular oyoqkiyimga jiddiy zarar yetkazib, yemirishni boshlaydi. Shuning uchun oyoqkiyimni har kuni quyidagi usul yordamida tozalab turish lozim. Demak, buning uchun 3:1 nisbatda suv va sirka aralashtirilgan suyuqlikka yumshoq matoni botirib poyabzalni artish kerak bo‘ladi. 

7.  Yorqin rangli oyoqkiyimlarni tozalash

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Yorqin rangli krossovkalar yoki kedalarni tozalash bir muncha qiyin, chunki ular yuvilganda rangi va shaklini yo‘qotadi. Bunday vaziyatda sevimli poyabzalingizga zarar bermaslik uchun limon sharbatidan foydalaning. U poyabzalni kirdan oson xalos etib, rangini o‘zgartirmaydi, balki yana-da yaxshi ko‘rsatadi. Buning uchun suv va limon sharbatini 3:1 nisbatda aralashtiring, keyin unga yumshoq matoni tekkizib, oyoqkiyimingizni ehtiyotkorlik bilan arting. Agar shunda ham kiri ketmasa, limonning o‘zi bilan dog‘larni artib 20-30 daqiqaga qoldiring. 

8.  Laklangan oyoqkiyimni yaltiratamiz

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Vaqt o‘tishi bilan laklangan oyoqkiyim yaltiramay qoladi va uning yuzasida kichik tirnalishlar paydo bo‘ladi. Bularga yo‘l qo‘ymaslik uchun oddiy vazilindan foydalanish lozim. U oyoqkiyimni doimiy ravishda yangidek turishiga yordam beradi.

9.  Krossovkani tozalash

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Ko‘pgina kir yuvish mashinalarida sport poyabzalini yuvish rejimi mavjud. Ammo undan foydalanmagan ma’qul, chunki u qurilma ichida aylangani sari o‘z sifatini yo‘qotaveradi. Bu jarayonda poyabzal patagining tagigacha suv kirib ketadi. Taglik qurigunicha esa usti taglikka yopishib juda xunuk bo‘lib qoladi. 
Agar krossovkaning sifatini uzoq vaqtgacha saqlab qolmoqchi bo‘lsangiz uni qo‘lda, patagi va bog‘ichini alohida-alohida olib yuving, ustini eski tish cho‘tkasi bilan ishqalang, ichini esa shunchaki spirtli paxta bilan artib oling.

10.  Oyoqkiyimlarni himoya qilish

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Mum (vosk) deyarli har qanday poyabzalga mos keladigan universal va samarali vositadir. Do‘konlarda oyoqkiyim uchun mo‘jallangan mumlar sotiladi. Juda yupqa surtilgan mum ham poyabzalni uzoq vaqt suv va kirdan himoya qiladi va qo‘shimcha ravishda chiroy baxsh etadi. 

11.  Yangi oyoqkiyimdan qoladigan dog‘

12 лайфхаков по уходу за обувью, которые значительно упрощают жизнь

Ba’zi turdagi yangi poyabzallar paypoqni, hattoki, oyoqni qoraytirib yuboradi. Bunday noxush vaziyatdan xalos bo‘lishda sizga oddiy talk (parfyum kukuni) yordam beradi. Yangi oyoqkiyimning ichiga yaxshilab talk seping, ortiqchasini toza mato bilan artib oling. Aytgancha, talk o‘rniga bolalar upasi yoki kraxmalni ishlatish mumkin.