Psixotrop dorilar olib kirilishi to‘xtatildi

  • 16:06 / 30.11.2019
  • 910

Tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddalari mavjud bo‘lgan dori vositalarining O‘zbekistonga noqonuniy olib kirilishiga doir navbatdagi qoidabuzarliklar bojxonachilar tomonidan fosh qilindi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan kirib kelgan xalqaro yo‘lovchi poyezdi yo‘lovchilarining qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada yo‘lovchilardan biri, xorij fuqarosi Ch.T.ning yuklari orasida deklaratsiyalanmagan hamda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan tarkibida giyohvand moddasi mavjud bo‘lgan 60 donadan ziyod dorini bojxona nazoratidan yashirib olib o‘tishga uringanda fosh etildi.

Shuningdek, “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar G.S. va Yu.R. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo‘natmalari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan tarkibida psixotrop va giyohvandlik moddasi bo‘lgan 80 dona dori borligi aniqlangan. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.