Qalin tuman sababli 5 ta transport vositasi YTH sodir etdi

  • 14:21 / 18.01.2020
  • 435

2020-yil 18-yanvar kuni soat 11:00 larda Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Farg‘ona xalqa avtomobil yo‘lida qalin tuman tushishi oqibatida ko‘rish darajasi pasayganligi sababli 4R 112 “Farg‘ona halqasi” avtomobil yo‘lining 289-kilometrida haydovchi Buvayda tumanida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan Yu.N. shu manzilda yashovchi otasiga tegishli “Kamaz-5511” rusumli avtomobilini burilib olish joyidan burib olayotgan vaqtida, qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan 4 ta “Neksiya” rusumli transport vositalari  Yu.N. boshqaruvidagi yuk avtomobiliga kelib urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
 
Natijada “Neksiya” avtomobillarining uch nafar yo‘lovchisi va bir nafar haydovchisi tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. 

Shuningdek yana bir yo‘lovchi olgan tan jarohati oqibatida kasalxonada vafot etgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati  xabarida yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilishni, respublika hududida ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, ayrim hududlarda qor yog‘ishi va avtomobil yo‘llarida muzlamalar hosil bo‘lishi, qalin tuman tushishi sababli avtomobil yo‘llarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishini inobatga olib yo‘llarda xushyorlik bilan harakat qilishinini so‘raladi.