RF soliq kodeksining 224-moddasiga o‘zgartirish kiritiladi. Endi migrantlar ko‘proq pul ishlab topishlari mumkin

  • 13:14 / 29.01.2020
  • 949

Rossiyada mehnat migrantlari uchun daromad solig‘ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Rossiya Federatsiyasi norezidentlarining mehnat faoliyati daromadidan olinadigan daromad solig‘ini 30 foizdan 13 foizgacha kamaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi va tegishli idoralarga kelishish uchun taqdim etildi.

Qonun loyihasiga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi soliq kodeksining 224-moddasiga o‘zgartirish kiritish va mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan norezidentlardan olinadigan daromad solig‘i stavkasini 13 foiz miqdorida belgilash, ya’ni Rossiya fuqarolari uchun o‘rnatilgan stavkaga tenglashtirish ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu qonun loyihasi tasdiqlansa, norezidentlarning mehnat faoliyatidan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchilar toifasidan qat’i nazar, 13 foiz stavkada belgilanadi va yangi tartib 2021-yildan boshlab joriy etiladi.