Suriyaning Idlib shahrida harakatlanayotgan turk harbiy karvonida portlash sodir bo‘ldi

  • 17:07 / 28.05.2020
  • 478

Suriyaning Idlib viloyatidagi M4 trassada harakatlanayotgan turk harbiylarining karvonida portlash sodir bo‘ldi, deb yozmoqda TASS agentligi.

Qayd etilishicha, harbiylar harakatlanib ketayotgan yo‘lda qo‘lbola bomba portlagan. Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech qaysi terroristik guruh o‘z zimmasiga olmayapti. 

Jarohat olgan harbiylarning ayrimlari og‘ir ahvolda ekani aytilmqoda. Vaziyat yuzasidan boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.