Kulib yurasizmi? Tabassumning biz bilmagan kuchli tomonlari

  • 10:01 / 15.09.2021
  • 164

Похожее изображение

Tabassum yaxshi kayfiyat yoki zavqlanishning alomatigina emas. U atrofdagilarga yaxshilik tilash signali, afsuslanish yoki insonlarni o‘ziga jalb qilishning vositasi hamdir. Qovoqlari uyulib turgan inson bilan gaplashishni istarmidingiz? Albatta, yo‘q!
Ma’lumotlarga ko‘ra, inson tug‘ilganidayoq kulishni bilar ekan. Aynan kulgi noverbal muloqotning bir ko‘rinishi bo‘lib, uni yer yuzining istalgan burchidagi inson ham yaxshi tushunadi. Kulgi yana nimalarga qodir? Quyida shu haqida ma’lumot beramiz.

Atrofdagilarning ishonchini chaqiradi
Kulib turgan inson menga ishonish mumkin, degandek tuyuladi. Bunday insonlar saxiy bo‘ladi. Tadqiqotchi va iqtisodchi Yorna Sharlemannaning aytishicha, kulgi ishonchni 10 foizga oshiradi. Sherigining kulib turganini ko‘rganlar u bilan moliyaviy shartnomalarni tuzishni istab qolishar ekan.

Kamchiliklarimizni yashiradi
Tanish insoningizga sovg‘a olishni yoddan chiqardingizmi? Mijozingizning ismi esdan chiqdimi? Kimningdir oyog‘ini bosib qo‘ydingizmi? Bunday nojo‘ya harakatlarni sodir etganda, oddiygina tabassum qilib qo‘yamiz. Bunday tabassum yo‘l qo‘ygan xatoliklarimiz va kamchiliklarimizni kechirishga undaydi. Ularni berkitadi. 

Картинки по запросу Десять сильных сторон улыбки

O‘zini yaxshi his qilishga yordam beradi
Ba’zida tabassum xushmuomalalik belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ba’zida esa inson o‘zining kayfiyatini ko‘tarish uchungina tabassum qilib qo‘yadi. Boston kolleji mutaxassisi Meryen Lyafrans yuzida tabassumi yo‘q “tosh chehralar”dan turli yangiliklarni eshituvchi insonlar ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijalarga ko‘ra, yuzida tabassumi yo‘q insonlardan nimanidir eshitish atrofdagilarda noqulaylik paydo qilgan. Ular ishtirokchilarda quvona olmaydigan inson sifatida tasavvur qoldirdi. Ishtirokchilar hatto, bunday insonlarga achinishgan.     

Xafagarchilikni unutish
Psixologiyada qayta aloqa degan tushuncha bor. Uning asosida hissiyotlarning inson yuziga ta’siri va aksincha, yuzning hissiyotlarga ta’sir ko‘rsatishi yotadi. Bu esa yuzga baxtiyorlikni bag‘ishlash uchun tabassum qilishning o‘zi yetadi, deganidir. Qanday vaziyat bo‘lishidan qat’i nazar tabassum atrofdagilar tomonidan iliq kutib olinadi.

Похожее изображение

Voqealarning asl ma’nosini tushunib yetamiz
Asabiylashgan insonning e’tibor qilish darajasi kamayadi, u qarshisida bo‘lib o‘tayotgan jarayonnigina ko‘radi. Ammo muammolarning yechimi markazda emas, uning atrofida bo‘ladi. Bunday holatda eng to‘g‘ri yo‘l kulishga harakat qilishdir. Shunda siz e’tiborliroq bo‘lasiz va aniqroq o‘ylay boshlaysiz.

Tabassum qilgan inson jozibaliroq ko‘rinadi
Ayollik tabassumi qarama-qarshi jins vakillariga sehrli ta’sir ko‘rsatadi. Ayol erkak bilan ko‘z orqali munosabat o‘rnatganda, 20 foiz holatlarda erkak o‘sha ayol bilan muloqotga kirishadi. Agar bu holatda ayol yana kulib turgan bo‘lsa, ko‘rsatkich 60 foizga oshadi.
Aynan tabassum ayolni erkak oldida jozibador qilib ko‘rsatadi. Erkakning ko‘p tabassum qilishi esa aksincha, ters ta’sir qiladi. Erkak kishi qancha kam kulsa, u shuncha jasur va jiddiyroq ko‘rinadi. 
Ayollarni erkakning mag‘rurligi o‘ziga ko‘proq tortadi.

Десять сильных сторон улыбки

O‘ylarimizni berkitadi
Tabassum orqali miyadagi mahzun xayollarimizni berkitmoqchi bo‘lamiz. Aksariyat psixologlarning aytishicha, samimiy tabassum hech qachon insonni aldamaydi. Uni qanday tanib olish mumkin? Soxta tabassumda og‘iz burchaklarigina harakatga keladi, haqiqiysida esa ko‘z ham muloqotga kirishadi.  

Десять сильных сторон улыбки

Dunyoga kulib boq
Dunyoga kulib boqsang, butun dunyo sen bilan birga kuladi, degan fikr bor. Bu fikrda butun dunyo tushunchasi faqatgina mubolag‘a. Ammo kulib turgan insonga 50 foiz holatda aynan shunday javob qaytishi aniq fakt.