Test sinovlari o‘tkaziladigan sana haqida maʼlumot berildi

  • 16:50 / 15.06.2020
  • 860

Ayni daqiqalarda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev rahbarligida AOKA anjumanlar zalida brifing bo‘lib o‘tmoqda.
 
Mazkur brifingda Bosh vazir o‘rinbosari test sinovlarini 1-avgustdan boshlash rejalashtirilayotgani haqida aytib o‘tdi.
 
– Dastlab 5-avgustdan boshlamoqchi edik, lekin keyinchalik bor imkoniyatlarimizni ishga solib, testlarni 1-avgustdan boshlashga qaror qildik, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev.

Xabardor.uz