Toshkent shahrida yer uchastkasining minimal narxi belgilandi

  • 16:06 / 20.03.2020
  • 649

Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huqiqini minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati.

Mazkur qarorda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan  yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot berilgan.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaxtimizda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.

Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi bo‘yicha  narxlanadi deyiladi xabarda.