Toshkent shahridagi sobiq “Turkuaz” sotuvga qo‘yiladi

  • 09:56 / 09.05.2020
  • 471

Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahrida bo‘sh turgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida ularni “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga ko‘yilishini ta’minlash haqidagi qarori e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahri Shayxontohur tumani Chorsu maydoni 2a-uy manzilida joylashgan “Toshkent savdo markazi” MChJga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan savdo markazining bino va inshootlari (sobiq “Turkuaz”)ni belgilangan tartibda, 303,5 mlrd. so‘m miqdoridagi boshlang‘ich narxda “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida savdoga qo‘yiladi. 

Bunda obyekt ikki oy davomida “E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasida sotilmagan taqdirda, uni sotish Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi, deyiladi Vazirlar Mahkamasi qarori matnida.