Toshkentda psixotrop dori saqlagan yoshlar qo‘lga olindi

  • 17:19 / 28.01.2020
  • 450

26-yanvar kuni Toshkent shahri Uchtepa tumani hududida tungi xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va IIV xodimlari tez tibbiy yordam shahar klinik shifoxonasi yaqinida turgan Spark avtomobilidagi uch nafar yigit va mashina xolislar ishtirokida tekshiriladi.

Milliy gvardiya matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur tekshiruv natijasida salondan 42 flakon psixotrop dorilar topilib, olib qo‘yilgan. Avtomobilda bo‘lgan 24 yoshli Ramazon A., 26 yoshli Azim N. va 24 yoshli Abror J.lar Uchtepa tumani IIO FMBga qonuniy chora ko‘rish uchun yuborilgan.

Qo‘lga olingan yoshlarga nisbatan JKning 273-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish)ga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.