Turk investorlari Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan IES qurilishida ishtirok etadi

  • 17:54 / 14.04.2020
  • 302

Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turkiyaning “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” va “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” kompaniyalari tomonidan Toshkent viloyatida elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan korxonasi o‘rtasida “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt bo‘lgan kombinasiyalangan siklli elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya kelishuvi imzolangan.

Shuningdek, “O‘zbekiston miliy elektr tarmoqlari” AJ va Toshkent viloyatida elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan korxonasi o‘rtasida 25 yil muddatga elektr energiyasini sotib olish shartnomasi tuzilganligi ma’lum qilingan.

Mazkur hujjat loyihasida O‘zbekiston Hukumati nomidan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “AKSA ENERJI ÜRETIM A.Ş.” o‘rtasida imzolangan Investitsiya kelishuvi tasdiqlangan deb topiladi.

Shu bilan birga “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga Elektr energiyasini sotib olish shartnomasi doirasida quyidagilarga ruxsat beriladi:

ishlab chiqariladigan elektr energiyasini olti oy ichida sotib olinishini qoplash uchun majburiyatlar bajarilishini ta’minoti sifatida O‘zbekiston Respublikasining yuqori darajadagi reytingi bo‘lgan tijorat bankining tiklanadigan, qaytarib berilmaydigan va shartsiz uzoq muddatli xorijiy valyutada bank kafolati Toshkent viloyatida elektr stansiyasi qurish loyihasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan korxonasi foydasiga ochishga;

investitsiya loyihasi ehtiyoji uchun tabiiy gaz va texnik suv yetkazib beruvchi sifatida ishtirok etishiga;

Loyiha kompaniyasiga texnik suv va tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va “O‘ztransgaz” AJ bilan uzoq muddatli shartnomani imzolashga;

jalb qilinadigan chet el investitsiyalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarini chet el valyutasiga istisno tariqasida bog‘lagan holda belgilashga.

Ushbu qaror loyihasi Toshkent viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi zimmasiga bir oy muddatda lektr energiyasini sotib olish shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda yerni ijaraga berish bo‘yicha shartnoma imzolagan holda investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga foydalanish uchun yer uchastkasi ajratishni yuklaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiesa  investitsiya loyihasini amalga oshirish davrida jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislar, shuningdek ularning oila a’zolari uchun belgilangan tartibda kirish vizalarini konsullik yig‘imlari va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirilmasdan rasmiylashtirilishini ta’minlaydi