Umumiy ovqatlanish joylarida har bir xo‘randani ro‘yxatga olish shart emas – Nurmat Otabekov

  • 17:55 / 15.06.2020
  • 481

Avval xabar berganimizdek, 15-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi bosh inspektori Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida “Umumiy ovqatlanish joylarida har bir xo‘randa ro‘yxatga olinadimi?”, degan savol berildi.

Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, bunday qilish shart emas. 

Faqat karantin talablari bo‘yicha belgilangan talablarga rioya etilishi, ya’ni xo‘randalar tashrif buyurishidan qat’iy nazar muassasada kun davomida dezinfeksiya moddalaridan foydalanilgan holda namli tozalash ishlari amalga oshirilishi va pol qismlari yuvib turilishi lozim.

Oldinroq 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish obyektlari faoliyatiga ruxsat berilishi haqida xabar bergandik.