Xonadondagi ortiqcha shovqindan qanday qutilish mumkin?

  • 17:48 / 11.01.2020
  • 971

Hozirgi kunda yangi uylardagi ovoz izolyatsiyasi muammosi ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Avvalgi qurilgan uylarda ana shunday muammo odamlarni bu darajada qiynamagan, chunki quruvchilar ovoz izolyatsiyasiga yaxshi e’tibor berishgan. Bundan tashqari, avvalgi uylarning dizayni boshqacha bo‘lgan: devorlarga gilamlar osilib, kitob to‘la javonlar tirab qo‘yilgan. Bugungi kunda deyarli hech kim uyiga gilam osmaydi

Shovqin turlari? 
Havo oqimidagi shovqinlar: karavotning g‘ichirlashi, nafas olish, gaplashish, televizor ko‘rish. Zarbli va strukturaviy shovqinlar: prefaratorning ishlashi, qadamlar, sakrashlar.

Havo shovqinidan bir amallab qutilish mumkin. Buning uchun ovoz yutuvchi va ovoz o‘tkazmaydigan moslamalar o‘rnatiladi. Ammo zarbli va strukturaviy tovushlar doimo eshitilib turadi. Arzon narxda yuqori tezlikda qurilayotgan uylardagi ovozli shovqin muammosiga yechim topish uchun quyidagi usullarni qo‘llab ko‘rsangiz bo‘ladi. 

Yer 
Uy poli eng ko‘p ovoz eshitilib turadigan joydir. Qo‘shnilaringiz ta’mirlashni rejalashtirayotganini bilib qolsangiz ular bilan biroz murosa qilgan holda polni ovoz o‘tkazmaydigan darajada qalinlashtirishga ko‘ndirishingiz mumkin. Shiftdan qadam tovushlari eshitilmasligi uchun tepadagi qo‘shningizning poli hech bo‘lmaganda 7 santimetr qalinlikda bo‘lishi kerak. Uy polini gidroizolyatsiya qilish pastda yashovchilarni qisman bo‘lsa-da shovqindan xalos etadi. 

Yashirin simlar
Agar xonadonda qo‘shnilarning ovozi aniq eshitilib tursa, bunga rozetkalardagi yashirin kabellar sababchi bo‘ladi. Rozetka teshiklari ovozlarni uyoqdan buyoqqa tashishga xizmat qiladi. Shuning uchun rozetkalar ishlatilmayotgan vaqtda ularga maxsus plastik qoplama tiqib qo‘yish kerak. 

Quvurlar va kanalizatsiya
Agar quvurlardagi suvning shovqini jadallashib ketgan bo‘lsa, ularni faqat almashtirish orqali muammoni hal qilish mumkin. 

Zina maydonidagi shovqinlar (podyezd)
Bu nafaqat aholining, balki boshqaruv kompaniyalarining ham muammosidir. Eshiklardan chiqadigan taq-tuq ovozlar purjinalarni almashtirish bilan hal bo‘lib qolmaydi. Shovqin izolayatsiyasini uy ichidan bartaraf etishga urinishdan oldin uy shirkatlariga murojaat qilish lozim. Chunki ular ba’zi joylarga ovoz izolyatorlarini tekinga o‘rnatib berishlari kerak.  

Ko‘cha
Rom o‘rnatuvchilar iloji boricha qalinroq oyna qo‘yishni maslahat berishadi. Ammo bu yordam bermaydi, chunki bunday oynalarda ventilyatsiya (havo aylanishi) bo‘lmaydi. Yaxshisi ikkita oynali rom o‘rnatish kerak. Lekin biz sizga shovqinlarni juda yuqori darajada to‘sib qo‘yishni maslahat bermaymiz. Chunki inson tabiiy ovozlarni eshitib turishi kerak. Masalan, yomg‘ir yog‘ayotgandagi ovozni eshitmasangiz, uni to‘sib qo‘yganingizdan afsuslanishingiz mumkin.