Abdulaziz Kamilov Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabul qildi

  • 17:36 / 25.05.2021
  • 187

2021-yilning 25-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston-Rossiya ko‘p qirrali munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi, shuningdek, oliy va yuqori darajadagi boʻlajak tadbirlar jadvali va kun tartibi yuzasidan fikr almashinildi. 

Rossiya tomonining 2021-yil 15–16-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi ishtiroki ham ko‘rib chiqildi.