Afg‘oniston sharqidagi portlash oqibatida politsiya boshlig‘i halok bo‘ldi

  • 17:20 / 14.10.2021
  • 104

14-oktyabr kuni Afg‘onistondagi Kunar viloyatida portlash ro‘y berdi, deya xabar bermoqda Aamaj News.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida “Tolibon” hukumati tomonidan Kunar viloyatining Shigal tumaniga tayinlangan politsiya boshlig‘i halok bo‘lgan.
Portlash tushga yaqin viloyat ma’muriy markazi – Asadobod yaqinida ro‘y bergan. Politsiya mashinasi portlatilishi natijasida 11 kishi, jumladan, 5 nafar “Tolibon” askari jarohat olgan.
Hozircha hech bir tashkilot ushbu terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.