Afg‘oniston Tolibon hujumiga tayyorlanmoqda

  • 13:11 / 08.06.2021
  • 170

Tolibon afg‘on politsiyasi va armiya pozitsiyalarini qurshovga olib, AQShning so‘nggi qo‘shinlari mamlakatni tark etishini kutmoqda. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Tolibon Afg‘onistondagi yirik aholi punktlariga hujum qilishga tayyorlanmoqda, jangarilar politsiya va armiya pozitsiyalarini o‘rab olib, AQSh qo‘shinlarining mamlakatni tark etishini kutishmoqda.

Bundan tashqari, Afg‘oniston havo kuchlari bir necha hafta davomida hukumatga yordam bera olmasligi Tolibon bilan to‘qnashuvda ularga katta yo‘qotishlar olib kelishi mumkin. Politsiya vakillari ham aviatsiya yordamisiz qiyin ahvolda qolishini ta’kidlagan.