Afrikalik ayol birdaniga 10 ta farzand dunyoga keltirib jahon rekordini oʻrnatdi (foto)

  • 15:02 / 09.06.2021
  • 350

Janubiy Afrika Respublikasida istiqomat qiluvchi ayol birdaniga 10 ta farzandni dunyoga keltirib yangi jahon rekordini oʻrnatdi.

37 yoshli Gosiame Tamara Sitole homiladorlikning sakkizinchi oyida yetti oʻgʻil va uch qizning onasiga aylangan. Shifokorlar uning sakkiz nafar chaqaloqni dunyoga keltirishini kutishgan, qolgan ikki chaqaloq esa tibbiyot xodimlari uchun ham “kutilmagan sovgʻa” boʻlgan.

Bundan avvalgi rekord Malida yashovchi ayolga tegishli boʻlib, u may oyida birdaniga 9 ta farzandni dunyoga keltirgan edi.