Afsonaviy Mayk Tayson yana ringga qaytadi. Uning qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

  • 15:15 / 09.06.2021
  • 260

WBC, WBA, IBF hamda The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Mayk Tayson kuzning boshida ringga qaytishni rejalashtirmoqda. Bu haqda uning murabbiyi Rafael Kordeyro ma’lum qildi.

https://isport.ua/boxing/4946883-majk-tajson-provedet-sleduyuschij-boj-osenyu

–Biz mashq qilishni davom ettirmoqdamiz. U sportchi va har doim ringda ishlash uchun mashg‘ulotlarga keladi. O‘ylaymanki, bizda sentyabr oyi reja mavjud. 

Keyingi raqib kim bo‘lishini bilmayman. Maykning kompaniyasi Legends Only League’ bu borada ish olib bormoqda. Shuningdek, jangni qaysi vaqtga tashkil etish borasida ham telekompaniyalarning grafigi o‘rganilmoqda. O‘z navbatida, biz ham mashg‘ulot o‘tkazmoqdamiz. Jang sentyabr oyida bo‘lib o‘tadi,- deya ta’kidlaydi Taysonning murabbiyi.

Eslatib o‘tish mumkin, o‘tgan yilning noyabr oyida 54 yoshli Mayk Tayson 4ta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jonsga qarshi ringga ko‘tarilgan edi. O‘shanda, durang natija bilan yakunlangan jangning pullik translatsiyalar soni 1 milliondan oshgan.