Aholiga bir martalik tibbiy yordam ko‘rsatish bilan cheklanmasligimiz kerak – Tanzila Narbayeva

  • 14:14 / 30.07.2021
  • 298

Bugun, 30-iyul kuni Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Yalpi majlisni olib borayotgan parlament yuqori palatasi Raisi Tanzila Narbayeva o‘z nutqida bir qator dolzarb masalalar, xususan, aholi salomatligini muhofaza qilishga alohida urg‘u berdi.

– Sog‘liqni saqlash xodimlari joylarda uyma-uy yurib, aholi o‘rtasida ko‘proq kaysi kasalliklar kuzatilayotganini aniqlashi kerak, – dedi Tanzila Narbayeva. 

Senat Raisi shu orqali hududlarda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish mumkinigiga, buning uchun esa jalb etilgan mutaxassislar malakali bo‘lishi, bemorlar dardini tinglay olishi lozimligiga e’tibor qartadi.

–  Bundan tashqari, aholiga bir martalik tibbiy yordam ko‘rsatish yoki davolash bilan cheklanmasligimiz, hozirgi pandemiya davrida bu masalalarga alohida e’tibor berib ishlash orqali aholining salomatligi saqlash zarur. O‘z navbatida, o‘tkazilayotgan tibbiy xatlov natijalari yuzaki o‘tkazilmasligi kerak, – deya ta’kidladi Senat Raisi.