Ahvol ogʻir: Amerika Navalniy turmada oʻladigan boʻlsa, Rossiyani ogʻir oqibatlar kutishi haqida ogohlantirdi

  • 10:05 / 19.04.2021
  • 69

Rossiyalik oppozitsiyachi Aleksey Navalniyning yaqinlari ayni vaqtda ochlik eʼlon qilgan siyosatchiga tegishli qon tahlillari varaqasi suratini eʼlon qilishdi. Uni davolayotgan shifokorning aytishicha, kaliyning bunday darajasi bilan inson istalgan daqiqada oʻlishi mumkin.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchisi Jeyk Sallivan agar Navalniy turmada ochlik tufayli oʻlsa, AQSh Rossiyaga kerakli javobni berishi haqida maʼlum qildi.

Maslahatchining aytishicha, Bayden maʼmuriyati Navalniy taqdiri xususida “maxfiy” muzokaralar olib bormoqda. Siyosatchi Navalniy ochlikka bardosh bera olmasa, AQSh Rossiyaga nisbatan aynan qanday chora koʻra koʻrishi masalasiga aniqlik kiritmagan.

Maʼlumot uchun, Aleksey Navalniy mart oyining oxirida ochlik eʼlon qilgandi.