AI-80 markali benzinning birjadagi narxi ko‘tarildi

  • 16:56 / 15.06.2021
  • 158

O‘tgan haftada birja savdolariga 28 579 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 21 097,9 tonnasi, ya’ni 73,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 57 xaridor ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli uning o‘rtacha kunlik narxi ham mahsulotning bir tonnasi uchun 6 mln. 715 ming so‘mdan 6 mln. 860,3 ming so‘mgacha, ya’ni 2,2 foizga ko‘tarilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 mln. 830,9 ming so‘mni, AI-91 – 7 mln. 873,3 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.