Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha narxi 4 foizga oshdi

  • 09:46 / 27.04.2021
  • 123

Joriy yil 19–25-aprel kunlari avtomobil benzinining birjadagi narxi mahsulotning boshlang‘ich narxlarini sotuvchi korxonalar tomonidan oshirilishi hisobiga o‘sgan.

“O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi”ning ma’lumotiga ko‘ra, birja savdolariga 37 ming tonnadan ortiqroq Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yildi va ulardan 11 394,2 tonnasi, ya’ni 30,8 foizi sotildi. O‘tkazilgan savdolarda esa har kuni o‘rtacha 26 xaridor ishtirok etdi. 

Ko‘rib chiqilayotgan davrda sotuvchi korxonalar Ai-80 markali avtomobil benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxlarini mahsulotning bir tonnasi uchun 6 306,5 ming so‘mdan 6 563,7 ming so‘mgacha yoki 4,1 foizga ko‘tarishgan. 

Shu munosabat bilan, Ai-80 markali avtomobil benzinning o‘rtacha kunlik narxi ham 6 306,7 ming so‘mdan 6 564,7 ming so‘mgacha, ya’ni 4,1 foizga o‘sdi.

Ushbu davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6 446,3 ming so‘mni, Ai-91 – 7 558,8 ming so‘mni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, turli manbalarda keltirishicha avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.