Aktrisa Zarnigor Gʻaniyeva unga turmush qurishni taklif qilayotgan yosh yigitlar juda koʻpligini aytdi

  • 15:12 / 16.06.2021
  • 572

“Jurnalist”, “Sevgi” seriallaridagi rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish boʻlgan aktrisa Zarnigor Gʻaniyeva unga nisbatan turmush qurish taklifi haddan tashqari koʻp boʻlishi, agar taklif bildirgan insonning oilasi yoʻq boʻlsa turmushga chiqishi mumkinligi haqida gapirib oʻtdi.

“Oʻzimga mos keladigan, yoshi kattaroq odam boʻlsa turmush qurishim mumkin. Baʼzan hayron qolaman, yosh-yosh yigitlar oila qurishni taklif qilishadi. Mening farzandlarim bor, nima deyishni bilmay, hayron boʻlib qolaman. Koʻnglimni olishga gʻoyibona harakat qiladiganlar . ham yoʻq emas. Ularni kim ekanligini bilmayman, bilsam ham aytolmayman”, dedi ijodkor.

Maʼlumot uchun, aktrisa Zarnigor Gʻaniyeva ayni vaqtda 39 yoshda va uning 4 nafar farzandi bor. Ijodkor xonandalik faoliyatini ham yoʻlga qoʻygan.