Aleksey Navalniyga “Jasorat mukofoti” topshirildi

  • 13:15 / 10.06.2021
  • 255

8-iyun kuni ayni vaqtda qamoqda jazo muddatini oʻtayotgan 45 yoshli siyosatchi Aleksey Navalniy Inson huquqlari va demokratiya boʻyicha Jeneva forumida “Jasorat mukofoti” bilan taqdirlandi. Mukofotni Alekseyning nomidan uning 19 yoshli qizi Darya Navalnaya qabul qilib olgan.

Darya Navalnaya taqdirlash marosimidan keyin ommaga videomurojaat bilan chiqdi.

“Otam ushbu mukofotni olishini bilganida va meni uning nomidan mukofotni qabul qilishga chaqirganlarida qamoqxonadan turib maktub yozdi: “Dasha, senga ikkita muhim narsani aytishim kerak. Birinchi va eng muhimi, iltimos birinchi chiqishingni rasvo qilma. Ikkinchisi, men bu mukofotni olishdan behad gʻururlanishimni aytishni ham unutma”.

Bu mening otam va uni qoʻllab-quvvatlayotganlarning barchasi uchun katta sharaf. Men bularni magʻrur qiz va demokratiya buzilishidan tashvishga tushgan Rossiya fuqarosi sifatida aytyapman. Men Darya Navalnaya, Putinning asosiy siyosiy raqiblaridan biri boʻlgan, butun umrini korrupsiya bilan kurashish, odamlarning huquq va erkinligi, norozilik bildirish va saylovlarda qatnashish huquqini himoya qilish uchun sarf etgan Aleksey Navalniyning qiziman”, dedi siyosatchining qizi.

Eslatib oʻtamiz, Navalniy 2021-yilning fevral oyi boshida “Iv Roshe” ishi boʻyicha 3,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.