Amaldagi prezident Mirziyoyevning saylovoldi tashviqoti boshlandi. U Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

  • 11:31 / 21.09.2021
  • 141

Shavkat Mirziyoyevning saylovchilar bilan uchrashuvi Qoraqalpog‘istondan boshlanadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu maqsadda Prezident 21-sentyabr kuni Nukusga jo‘nab ketgan. 

Shuningdek, safar davomida turli maskanlarga tashrif ham rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 24-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. 20-sentyabrdan nomzodlarning saylovoldi tashviqoti boshlandi.