“Amazon” MGM kinostudiyasini sotib oladi

  • 21:57 / 27.05.2021
  • 81

Amerikaning mashhur “Amazon.com Inc” servisi Gollivudning “Metro-Goldwyn-Mayer” kinostudiyasini sotib olishi haqida maʼlum qildi. Filmlar va teleshoular yaratish bilan shugʻullanuvchi xolding narxi 8,45 milliard dollarni tashkil qilgan.

Natijada kinostudiyaga qarashli ulkan kutubxona ham kompaniya tasarrufiga oʻtadi. Unda 4000 dan ortiq kinotasmalar va 17 mingta teleshou yozuvlari jamlangan.

“Amazon” MGMning merosi va filmlar katalogini saqlashga yordam beradi hamda isteʼmolchilarga mavjud asarlarni osonroq olish imkoniyatini taqdim qiladi”, dedi kompaniya rasmiylari.

MGM – “Anchorage Capital Group” fondining yirik aksioneri boʻlib, uning soʻnggi vaqtlardagi koʻrsatkichlari mijozlar sonining kamayishi hisobiga haddan tashqari tushib ketgan. Kompaniyaning joriy yilning birinchi kvartalidagi daromadi 29 million dollarni tashkil qilgan.