Amerika Kubogi. Argentina g‘alaba qozongan turda Urugvay Chilini yenga olmadi

  • 13:45 / 22.06.2021
  • 326

Amerika Kubogi turnirida guruh bosqichining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

“A” guruhi doirasida Argentina Paragvayga qarshi maydonga tushib, kichik hisobda g‘alaba erishdi. Alexandro Gomes o‘yinning 10-daqiqasida tezkor gol muallifiga aylanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Yakunda, Argentina 3 ochko ishlab oldi va guruhda peshqadamlikni mustahkamladi. 

Ushbu guruhning markaziy o‘yini, Chili va Urugvay jamoalari o‘rtasidagi bahsda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashdi. Dastlab, Vargas 26 daqiqada Chilini hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, Chililik yarimhimoyachi Arturo Vidal kutilmaganda o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Yakunda hisob 1:1, ikkala terma jamoa ham 1 ochkodan bo‘lishib olishdi.

Ushbu tur doirasidagi “B” guruhidan o‘rin olgan, Ekvador – Peru hamda Braziliya – Kolumbiya qarama-qarshiliklari 24-iyun sanasida bo‘lib o‘tadi.