Amudaryo tumanida mast erkak qizi va xotinini o‘ldirib qo‘ydi

  • 17:58 / 30.04.2021
  • 287

2021-yil 28-aprel kuni soat 9:00da Amudaryo tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Amudaryo tumani “O‘rta qal’a” qishlog‘ida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan A.D. va uning 2003-yilda tug‘ilgan qizi R.A. larning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni marhum A.D. ning turmush o‘rtog‘i 1964 yilda tug‘ilgan R.M. ning mast holida o‘zaro janjal oqibatida sodir etgani aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha 2021-yil 28 aprel-kuni Amudaryo tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a  bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 
R.M. Jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Amudaryo tumani sudining 2021-yil 29-aprel kungi hukmi bilan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.