Andijon shahar prokurori ishdan ketdi. Uning o‘zi ariza bilan murojaat qilgan

  • 12:18 / 22.05.2021
  • 233

Andijon shahar prokurori lavozimida ishlab kelayotgan adliya maslahatchisi Qurbonali Asqarov o‘z xohishiga ko‘ra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod etildi. Bu borada Bosh prokurorning 2021-yil 21-may kungi buyrug‘i imzolangan.

Bosh prokuratura Matbuot xizmatining ta’kidlanishicha, Q.Asqarovning lavozimidan ozod etilishi 2021-yil 17-may kuni xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ro‘y bergan holatlar bilan bog‘liq emas.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 17-may kuni Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Andijon shahar Kengashida mahalliy deputatni deputatlik maqomidan mahrum qilishga oid taqdimnomani shahar prokurori Qurbonali Asqarov kiritgan bo‘lgan.