Andijonda 5 erkakning besh oylik kelinchakni zo‘rlagani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi  

  • 09:25 / 17.05.2021
  • 339

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda 5 erkak 5 oylik kelinchakni zo‘rlagani haqidagi ma’lumot bo‘yicha viloyat IIB surishtiruv o‘tkazmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, fuqaro O.O. “102” qisqa raqamiga joriy yil 13-may kuni murojaat qilib, shu kuni soat 14:00 larda Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponida 2 nafar fuqarolar S.A. va M.O. uni zo‘rlaganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan hodisa sodir bo‘lgan joyga Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi gov-tezkor guruhi voqea joyiga chiqib, hodisa sodir bo‘lgan joy ko‘zdan kechirilib, videotasvirga olingan.

Tergovga qadar tekshirish harakatlarini to‘laligini ta’minlash maqsadida O.O.ga tegishli bo‘lgan kiyimlar va boshqa buyumlar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olingan.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizasi tayinlangan.
Fuqaro O.O. dan tushuntirish xati olinganida u o‘zining ko‘rsatuvida 13 may kuni turmush o‘rtog‘i O.O. bilan birgalikda Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala shiyponiga dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanish uchun borishganligini, soat 16:00 da bir o‘zi chaylada qolgan vaqtida o‘ziga tanish bo‘lgan A.S. mast holatda kelib, o‘zini va turmush o‘rtog‘ini tanishini aytib, unga tegajog‘lik qilganini va zo‘rlab yaqin aloqada bo‘lganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, O.O. dan o‘z tushuntirish xatida A.S. o‘zining sheriklarini chaqirganligini, ular ham chayla ichiga kirib, uning qo‘llarini ushlab turganligini, A.S. esa yana uni zo‘rlaganini, shundan keyin O. M. ham chayla ichiga kirib, uni tovuq katagi ichiga olib kirib, qo‘llarini arqon yordamida bog‘lab, yaqin aloqada bo‘lganini aytgan. 

Ayol shundan keyin o‘sha kuni soat 20:30 larda turmush o‘rtog‘i O.O. ga homilasi qimirlamay qolgan va o‘zini A.S. va O.M. ismli shaxslar zo‘rlaganligini aytib bergan.

Fuqarolar O.M., A.S., A.M., X.J. va B.A.lar o‘zlarining ko‘rsatuvlarida haqiqatdan ham 13-may kuni soat 14:00 larda, Andijon tumani Qoraqolpoq MFY Zaripak ko‘chasi o‘ramida joylashgan dala maydoni tomonga cho‘milish uchun borganliklarini, shu yerda bo‘lgan “Qoradaryo” soyida cho‘milishganligini, biroq shu kuni O.O.ni ko‘rmaganligini va u bilan jinsiy aloqada bo‘lishmaganligini bildirishgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan 16-may yil kuni O‘zbekiston Respublikasi JKning 118-moddasi 1-qismi bilan 032031/2021-100-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.