Andijonda haydovchi “Spark” kapotida “GAI”ni 60 metrga sudrab bordi

  • 11:09 / 20.06.2021
  • 318

Ijtimoiy tarmoqda “Spark” avtomobili haydovchisi YPX xodimining ustiga avtomobilni boshqargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holar yuzasidan YHXBB rasmiy ma’lumot berdi.

Xabarda qayd etilishicha, kecha, 19-iyun kuni soat 19:30larda Andijon viloyatining Andijon shahridagi Bobur shoh ko‘chasida “Spark” rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimi B.Komiljonovning to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatda davom etgan. 

So‘ngra, YPX xodimi o‘zidan keyingi xizmatchiga aloqa vositasi orqali avtomobil ma’lumotlarini yetkazgan. Xabarni qabul qilgan xodim I.Bobabekov “Spark” mashinasi to‘xtatgan, biroq haydovchi avtomobilni YPX xodimining ustiga qarata boshqargan. Buning natijasida avtomobil kapotiga osilib qolgan I.Bobabekov taxminan 50-60 metr masofadan so‘ng tushib qolgan.

Ta’kidlanishicha, YPX vakili holat yuzasidan bildirgi orqali viloyat IIB YHXB boshlig‘iga ma’lum qilgan. Mazkur holat natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Teglar