Andijonda “tintuv qilingan” deputatlar Prezidentga videomurojaat yo‘llashdi

  • 11:31 / 27.05.2021
  • 217

Kecha, 26-may kuni Andijon viloyati Mahalliy kengashi deputatlari Prezidentiga videomurojaat yo‘llashdi. Unda deputatlar Mahalliy kengash mas’ullari tomonidan o‘tkazilayotgan tazyiq va bosimlar hamda kengashlarning qonunga zid ravishda chiqarayotgan qarorlaridan norozi ekanliklarini bildirishdi.

Jumladan, videomurojaatda 2021-yil 17-may kuni bo‘lib o‘tgan Andijon shahar Kengashi XX sessiyasida deputat Shuhrat Karimovning daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida qabul qilingan qaror noqonuniyligi bildirilgan.

Oliy Majlis Senati mazkur holatga munosabat bildirib, Senatning Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatiga ko‘maklashuvchi komissiyasi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish ishlari olib borilayotganligini ma’lum qildi.

“Tez kunlarda ushbu o‘rganish natijalari yuzasidan jamoatchilikka batafsil ma’lumot beriladi”, – deyiladi Senat munosabatida.

Shuningdek, Senat murojaatda keltirib o‘tilgan vajlar o‘z tasdig‘ini topgan taqdirda, qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan qaror Senat tomonidan o‘rnatilgan tartibda bekor qilinishi ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir:

Xalq deputatlari Andijon shahar kengashida deputatlar tintuvdan o‘tkazildi

Andijondagi yig‘ilishda deputatlar hokim topshirig‘i bilan tintuv qilingan – Milliy gvardiya

Bosh prokuratura andijonlik deputatni jinoyatchilikda ayblamoqda

Adliya vazirligi deputatni tintuv qilish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini aytmoqda