Andijonda yer usti metrosi qurilishi mumkin

  • 12:30 / 18.06.2021
  • 598

Yangi Andijon va Andijon shahri o‘rtasida yer usti metrosi qurilishi mumkin.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu bo‘yicha takliflar berishni so‘rab, Transport vazirligiga topshiriq berdi.

“Transport vaziri Mahkamov Yangi Andijon hududiga tezkor transport qatnovini tashkil qilish maqsadida bir oy muddatda taklif kiritsin. Mana masalan ikki shahar o‘rtasida metro qurish masalasini o‘ylab ko‘ringlar, hisob-kitob qilib, takliflar kiritinglar.
 Samarali bo‘lsa, amalga oshiraylik. Yangi Andijonda “Damas” bo‘lmaydi”, – dedi Prezident.