Andijondagi mudhish YTHda 3 nafar talaba vafot etdi

  • 14:49 / 22.09.2021
  • 266

Bugun, 21-sentyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar Bog‘ishamol dahasida mudhish YTH sodir bo‘lgani va unda “Treker” rusumli avtomobil ichida bo‘lgan 3 nafar talaba (Andijon davlat tibbiyot institutida o‘qishgan)ning halok bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.

Bosh prokuratura ushbu YTHda 3 nafar shaxs vafot etgani va 1 nafar shaxs tan jarohati olgani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan joriy yilning 22-sentyabr kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

Hozirda Andijon tuman IIB TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.