Andrea Pirlo rasman "Yuventus"ni tark etdi

  • 16:08 / 28.05.2021
  • 144

Yuventus klubi rahbariyati bosh murabbiy Andrea Pirloni ishdan olganini rasman e’lon qildi.

Andrea Pirlo qaysi jamoaga o‘tishi noma’lum. Uning o‘rniga 2019-yilda “Yuventus”ga murabbiylik qilgan Massimiliano Allegri kelishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, ushbu mavsum“Yuventus” 10 yil ichida ilk marta Italiya chempionligini qo‘lga kirita olmadi. Ammo klubi mamlakat kubogi sohibi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Pirlo sobiq jamoasini YeChL 2020–2021-yilgi mavsumida 1/8 finalgacha olib chiqdi.