Andrey Shevchenko okean ortida ish boshlashi mumkin

  • 18:52 / 15.09.2021
  • 83

Ukraina terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Andrey Shevchenko faoliyatini “sehrli diyor”da davom ettirishi mumkin. 

Taniqli insayder Nikola Shkira bergan xabarga ko‘ra, 44 yoshli mutaxassisga MLSning uchta jamoasi taklif bilan chiqqan. AQShda yangi mavsum allaqachon boshlangan. 

Shevchenkoga qaysi jamoalardan taklif bo‘lgani ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tish mumkin, Andrey Shevchenko 30-iyun kuni Ukraina terma jamoasi bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng iste’foga chiqqan.