Androidning yangi versiyasida maxfiy funksiya aniqlandi

  • 12:56 / 03.06.2021
  • 395

Androidning yangi versiyasi foydalanuvchilarni yangi rejim bilan ajablantirishi mumkin. Tizimning sinov bosqichida foydalanuvchilar tasodifan yangi qulaylikning sirini ochishdi, deb yozadi BGR.

Foydalanuvchilar jadvallar bo‘limidan yangi o‘yin rejimini topdilar. Ushbu funksiya smartfonda qiziqarli o‘yinlar o‘ynayotganingizda ularni YouTube foydalanuvchilariga jonli uzatish imkonini beradi. 

Bugungi kunga qadar ushbu vazifa qo‘shimcha dasturlar yordamida amalga oshirilardi. Ushbu rejim nafaqat jonli efir qilish uchun mo‘ljallangan, balki qurilmaning samaradorligini ham oshirishi mumkinligi aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, Android 12 tizimi kuzgacha ommaga taqdim etilmasligi aytib o‘tilgandi.