Angela Merkel Bundestagdagi so‘nggi chiqishini amalga oshirdi

  • 21:37 / 24.06.2021
  • 256

Germaniya kansleri Angela Merkel hukumat vakili sifatida so‘nggi bayonotini yetkazdi. U Yevropa Ittifoqini Rossiya bilan muloqot formatlarini yaratishga chaqirdi. “Bu biz Rossiyaning gibrid hujumlariga qarshi muvozanatni saqlashni o‘rganishimiz mumkin bo‘lgan yagona usul”, – dedi u. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Merkel Yevropa Ittifoqi Rossiya bilan umumiy strategik manfaatlarning kun tartibini belgilashi kerak deb, hisoblashini aytib o‘tdi.

“Amerika Prezidenti Baydenning Rossiya prezidenti bilan gaplashishi yetarli emas, men buni mamnuniyat bilan qabul qilaman, ammo Yevropa Ittifoqi ham muloqot uchun yangi yo‘llarni ko‘rib chiqishi kerak, nizolarni hal qilishning boshqa usuli yo‘q”, –  dedi Merkel.

Ushbu nutq Merkelning bosh vazir vazifasidagi so‘nggisi bo‘ldi. Angela Merkel 15 yil Germaniya kansleri vazifasini bajarib keldi. Uning Bundestagdagi nutqidan keyin deputatlar uzoq vaqt qarsak chalib turishdi.