Angela Merkel koronavirusga qarshi emlandi 

  • 17:59 / 17.04.2021
  • 206

Germaniya kansleri Angela Merkel koronavirus infeksiyasiga qarshi "AstraZeneca" vaksinasi bilan emlandi.

66 yoshli siyosatchi bu haqida qisqacha xabar berish bilan cheklangan. Germaniyada  "AstraZeneca" vaksinasi 60 yoshdan oshgan insonlar uchun qo‘llanilmoqda. Bunga mazkur vaksina bilan emlangan 60 yoshdan kichik fuqarolarda tromb yuzaga kelishi ehtimoli sabab bo‘lgan. 

Ma’lumot uchun, Yevropaning bir qator mamlakatlari emlangan bemorlarda tromboz holati kuzatilayotgani sababli "AstraZeneca" vaksinasidan voz kechgan. Vaksina mualliflari esa uning xavfsiz ekanligini tinmay takrorlashmoqda.